Xalqaro hamkorlik aloqalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish hamda universitetning xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Universitet 13 davlatning (Janubiy Koreya, Rossiya, Malayziya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Qozog‘iston, Bolgariya, Belorussiya, Turkiya) 50 ta universiteti, 3 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 4 ta tashkilot va kompaniyalari bilan (jami 57 ta) o‘zaro hamkorlik Shartnomasi, Kelishuv va Memorandumlariga ega.

2016-2018 yillar davomida 10 davlatning (Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Bolgariya, Belarussiya, Rossiya, Qozog‘iston, Isroil, AQSh) universitetlari, ilmiy tadqiqot markazlari va kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirildi va 26 ta hamkorlik shartnomasi va memorandumlari imzolandi.