Xalqaro aloqalar bo'limi

Bo'lim boshlig'i:

Abdujalilov Javlonbek Adilovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15:00-17:00 (Jumadan tashqari)
Telefon: (0 371) 235-09-00

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va uni yetakchi mamlakatlar qatoriga qo'shish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ko'pgina turli xorijiy universitet va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan va shu shartnomalar asosida o'zaro do'stona va samarali almashinuv ishlarini yo'lga qo'ygan. Jumladan, horijiy oliygohlarda malaka oshirish, magistratura va doktoranturalarda ilmiy izlanishlar qilish imkoniyatlaridan foydalanib, TATUda yetakchi mutaxassislarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Universitet tomonidan aloqa, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko'rsatuvchi Rossiya, Ukraina, Belgiya, Ispaniya, Shvetsiya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya, AQSh, Malayziya, Hindiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Niderlandiya, Misr, YAponiya, Tayland singari davlatlarning nufuzli universitet va o'quv hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. Hozirgi vaqtda universitet quyidagi xorijiy oliygox va tashkilotlar bilan aloqa qilmoqda.

Shartnomalarda ko'zda tutilgan hamkorlikning asosiy yo'nalishlari:

  • Talabalar almashinuvi dasturlari
  • Qo'shma tadqiqod va malaka oshirish dasturlari
  • Olimlar, tadqiqotchilar va xodimlar o'rtasida aloqalarni o'rnatish
  • Olimlar va malakali mutaxassislarni tayyorlash
  • O'zaro o'quv va ilmiy adabiyotlar almashinuvi

Universitet magistrant, talaba va professor-o'qituvchilari ushbu hamkorliklar doirasida horijiy o'quv muassalarida o'z tajriba va malakalarini oshirib kelishmoqda. Janubiy Koreyaning Yongnam universitetida 1 ta magistr va 5 ta doktorant, Seul milliy universitetida (SNU) 1 ta doktorant, Aloqa va kommunikatsiya universitetida (ICU) 2 ta doktorant, Kukmin universitetida 4 ta magistrant, Konkuk universitetida 3 ta magistrant, Malayziya multimediya universitetida (MMU) 3 ta magistrantlarimiz tahsil oldilar va olmoqdalar. Jumladan, universitetimiz xodimi Nurilla Maxamatov Seul milliy universiteti doktoranturasida tahsil olib, doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

Universitetda zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan Hindiston va O'zbekiston Hukumati tomonidan tashkillashtirilgan Javaxarlal Neru nomidagi o'zbek-hind axborot texnologiyalari markazi, Janubiy Koreyaning raqamli texnologiyalar agentligi (KADO) tomonidan tashkillashtirilgan Axborot almashish markazi (IAC), Xitoy Xalq Respublikasining ZTE va HUAWEI kompaniyalari va AQShning Cisco Systems International kompaniyasining o'quv markazlari yaratilgan va faoliyat ko'rsatmoqda.

Universitetda 2016-2018 yillarda 30 dan ortiq xalqaro seminar, konferensiya va o‘quv trening kurslar tashkil etildi, Jumladan:

- 2016 yil 4-31 iyul kunlari Sungshil universitetining (Janubiy Koreya) 3 nafar professorlari tomonidan TATU o‘qituvchilari uchun rejalashtirilgan malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

- 2016 yil 7 - 28 iyul kunlari TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) o‘rtasida imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida TATU talabalari uchun “Dasturiy injiniring” yo‘nalishida o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazishdi va dasturiy ishlanmalarni yaratish bo‘yicha trening tashkil etildi.

- 2016 yil 1-15 iyul kunlari Janubiy Koreyaning Koreya milliy transport universitetidan, 2 tomonlama Memorandum asosida, 12 kishidan (2 ta professor va 10 ta talaba) tashkil topgan ko‘ngillilari “Android operatsion tizimi uchun ilovalarni yaratish” mavzusida dasturiy ishlanmalarni yaratish bo‘yicha o‘quv-trening tashkil etildi.

- 2016 yil 4-9 sentabr kunlari Janubiy Koreyaning SAMSUNG-KOICA tashkilotlari hamkorligida TATU talabalari uchun treining tashkil etdi.

- 2016 yil 26-28 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA)dan, 2 tomonlama Memorandum asosida “Ochiq kodli dasturiy maxsulot”  mavzuida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

- 2016 yil 2-4 noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari univeritetida “Axborot texnologiyalarining rivojlantirish istiqbollari” mavzusi doirasida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT 2016” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

- 2016 yil 8-9 noyabr kunlari Braziliyaning Fundachao universiteti professori tomonidan TATU professor o‘qituvchilari va talabalari uchun “Ilmiy maqola yozish bo‘yicha xorijiy tajriba almashinuvi” mavzusida seminar o‘tkazdi. 

- 2017 yil 1-24 fevral kunlari “Huawei Tech Investment Tashkent” korxonasi vakillari tomonidan HAINA akademiyasida universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun  “HCNA-HNTD marshrutizatsiya va kommutatsiya texnologiyalari” mavzuida o‘quv kursi tashkil etildi.

- KOICA mutaxassislari bilan hamkorlikda “TATUda innovatsion ta’lim olish muhitini va AKT ni joriy qilish yo‘li bilan rivojlantirish” loyihasi yuzasidan konsepsiya ishlab chiqildi va uning taqdimoti o‘tkazildi.

- 2017 yil  4 aprel kuni Kompyuter injiniring va Dasturiy injinering professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Xitoy Xalq Respublikasi Tongji universiteti professori Farrux Kushnazarov tomonidan «Odam yordamisiz harakatlanuvchi avtomobillar» mavzusida seminar tashkil etildi.

- 2017 yil 28 sentabr kuni TATU doktorantlari uchun Shvetsiyaning Malmo Universiteti professori Peter Jonsonn seminar “Doktoranturada ta’limni tashkil qilish” mavzusiga oid seminar o‘tkazdi.

- 2017 yil 30 oktabr - 1 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarini rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA)dan, 2 tomonlama Memorandum asosida “Ochiq kodli dasturiy maxsulot”  mavzuida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

- 2017 yil 2-4 noyabr kunlari “Axborot texnologiyalarining rivojlantirish istiqbollari” mavzusi doirasida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT 2017” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

- 2017 yil 2-10 noyabr kunlari universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari, hamda PKQTvaMO tarmoq markazi tinglovchilari uchun Serbiyalik profesoor Miroslav Skorich (IEEE tashkiloti mutaxassisi) tomonidan “Radioaloqa va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari” seminari tashkil etildi.

- 2017 yil 13-14 dekabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TEIN-CAREN seminarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Seminarda 15 nafar xalqaro ekspertlar tomonidan telemeditsina, masofaviy ta’lim va tabiy ofatlar xavfini bartaraf etish yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tajribalarga oid taqdimotlar qilindi.

- 2018 yil 30 yanvar kuni Seul milliy fan va texnologiyalari universiteti professori Cha Jaesang tashrif buyurdi. TATU qoshidagi PKQTvaMO markazidagi telekommunikatsiya yo‘nalishi tinglovchilariga “Yorug‘lik orqali ma’lumot uzatish” mavzusidagi seminar tashkil etildi;

- 2018 yil 12-13 fevral kunlari Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi “INTRAS-intellektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasining asosida seminar bo‘lib o‘tdi.

- 2018 yil 15-17 may kunlari Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA)dan, 2 tomonlama Memorandum asosida “Ochiq kodli dasturiy mahsulot”  mavzuida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

O'tkazilgan Xalqaro anjuman va o'quv seminarlarida xorijiy ekspert va mutaxassislar tashrif buyurishib, axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolari va yutuqlarini aks ettiruvchi ilmiy yangiliklar muhokama qilindi.

Universitetda hozirgi vaqtda 12 ta horijiy talabalar Rossiya, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikston fuqarolari tahsil olmoqda.