Samarqand filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori:

Xaldjigitov Abduvali Abdusamadovich

Qabul kunlari: Chorshanba - Juma (15:00-17:00).
Telefon: (0-366) 232-29-29

TATU Samarqand filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil  2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» PQ - 91 Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. SHu kunga qadar filial Respublikamiz xalq xo‘jaligining aloqa va axborotlashtirish  sohasi  uchun 1928 nafar yuqori malakali etuk mutaxassis kadrlar, 1 nafar fan doktori va 6 nafar fan nomzodlari  tayyorlab berdi.

Bugungi kunda filialda 1131 nafar bakalavriatura va 17 nafar magistratura talabalari tahsil olmoqda. Professor - o‘qituvchilar tarkibi 78 nafar asosiy shtatda va 27 nafar o‘rindoshlik shtatida faoliyat olib borayotgan ustozlardan iborat bo‘lib, ularning 3 nafari fan doktori professorlar va 28 nafari fan nomzodi dotsentlardir. 

Filial tasarrufida 2 ta o‘quv bino va talabalar turar joyi uchun 1 ta bino bor. Zamonaviy tarzda jihozlangan 18ta ma’ruza xonalari, 32 ta amaliy mashg‘ulot xonalari, 16ta kompyuter sinflari, 5ta o‘quv laboratoriyalari, 1 ta lingafon xonasi, axborot - resurs markazi va sport zal talabalar xizmatida. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter to‘g‘ri keladi. 

O‘quv ishlari:

Filial tarkibida 2 ta fakultet va 9 ta kafedra mavjud.

Fakultetlar:

  • Kompyuter injiniring;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi.

Kafedralar:

  • Axborot texnologiyalari;
  • Dasturiy injiniring;
  • Kompyuter tizimlari;
  • Tabiiy fanlar;
  • Axborot ta’lim texnologiyalari;
  • Telekommunikatsiya injiniring;
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar;
  • Tillar kafedrasi;
  • Axborot xavfsizligi

Filialda kadr tayyorlash bakalavriatning 5 ta yo‘nalishi va magistraturaning 1 ta mutaxassisligi bo‘yicha olib borilmoqda.

Bakalavriatura:

  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injineringi, AT servis);
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi(axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va servis);
  • Telekommunikatsiya texnnologiyalari;
  • AKT sohasida kasb ta’limi.

Magistratura:

  • Kompyuter injiniring (kompyuter tizimlarini loyihalash).

Filialda barcha mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borilmoqda. Har bir fan bo‘yicha zaruriy materiallar o‘quv uslubiy majmua sifatida shakllantirilgan. Kafedralarda hammasi bo‘lib 110 ta o‘quv uslubiy majmua yaratildi. O‘quv jarayoniga xizmat qiluvchi texnik jihozlar yildan yilga boyitib borildi. Hozirgi paytda filialda barcha darslar elektron taqdimotlar asosida multimediali vositalar yordamida  o‘tilmoqda. Masofaviy elektron ta’lim usullari keng joriy qilindi. 2013 yil davomida TATUning mutaxassislik kafedralari tomonidan fanlar bo‘yicha masofaviy darslar videokonferensiya shaklida tashkillashtirilmoqda va filial talabalari ushbu darslarda to‘liq qatnashmoqdalar.

Samarqand filiali nizomi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali murojaat ma'lumotlari: