TATUda TechReh ERASMUS+ loyihasi doirasida “Tibbiyotda kompyuter tizimlari” laboratoriyasi ochildi

26 dekabr kuni TATUda TechReh ERASMUS+ loyihasi doirasida “Tibbiyotda kompyuter tizimlari” laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyihaning maqsadi O‘zbekiston tibbiyotida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash usullari va vositalarini rivojlantirish, reabilitatsiya innovatsion usullari ehtiyojlariga muvofiq, universitetlar va tibbiy markazlarning salohiyatini oshirishdan iboratdir.
Laboratoriyada tibbiyot sohasida yangi axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarini joriy etish, tibbiy ma’lumotlar bazasi, tibbiyot sohasida robototexnika, injiniring, teletibbiyot, tibbiyot reabilitatsiyasi va boshqa sohalari yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, O‘zbekistonda tibbiy reabilitatsiyasi samaradorligini oshirishda EI mamlakatlari tajribasini o‘rganish, respublikaning tegishli OTMlar va tibbiyot markazlarida noyob maxsus asbob-uskunalar va usullar, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish orqali oshirish choralarini ko‘rishdan iborat.
Ochilish marosimida O‘zbekistonda ERASMUS+ dasturi koordinatori A.K. Abduraxmanova, universitet rahbariyati. Professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.