Электронная библиотека

Markaz rahbari

Muxammedova Malika Akilovna

Telefon: (0 371) 238-64-70
E-mail:tuit@tuit.uz

Ахborot resurs markazi – ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika va ximiya fanlari bo`yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo`lgan. Shu yilning o`zida Toshkentning kitob do`konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o`qituvchiga va 153 talabaga xizmat ko`rsatar edi. Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o`qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o`quv yurtlari talabalari va o`qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an`anaviy, ya`ni qog`ozda tashuvchi va elektron ma`lumotlardan iborat.

An’anaviy kutubxona 4 ta abonementdan: ilmiy, o`quv, badiiy va chet el adabiyotlari, 2 ta qiroatxonadan, adabiyotlarni komplektlash va ilmiy ishlov berish va ma`lumot-bibliografik bo`limlardan iborat.

Elektron kutubxona – 3 ta zaldan iborat: 2 ta zal talabalar uchun (70 kompyuter) va 1 ta – o`qituvchilar va xodimlar uchun. Asosan barcha xizmat ko`rsatish bo`limlarida 12 ming kitobxonga xizmat ko`rsatiladi. Kutubxonadan kun mobaynida o`rtacha xisobda 520 kitobxon foydalanadi, adabiyotlarni berish yiliga taxminah 240 mingni tashkil etadi.

Kutubxona fondi bugungi kunda 323 ming nusxa atrofida bo`lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, CDlar tashkil etadi. Fondning 61% o`quv adabiyotlar 32% – ilmiy, 5% – badiiy, qolganlari – boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 6 ming kitob oladi, 50 nomli jurnallar va 65 nomli gazetalarga obuna bo`ladi.

Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:

  • mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko`rgazmalari o`tkaziladi;
  • har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
  • 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o`tkazadi;
  • 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko`rish, ma`lumotli sharhlar olib boriladi;

Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an`anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo`yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo`yicha mavzuli kartotekalari bo`yicha keng ma`lumot apparati mavjud.

Oxirgi yillarda yangi axborot texnologiyalarni kiritish, kutubxona-axborot jarayonida kompyuterlashga katta ahamiyat berildi. Ushbu yo`nalish bo`yicha ilk qadamlar o`tgan asrning 90-yillarida yo`lga qo`yilgan. 1998 yilning dekabr oylarida Antverpen oliy maktabi kutubxonasi bilan Libanta qo`shma loyihasini ishlab, aspirantlar qiroatxonasi tashkil etildi, 2 kompyuter, televizor magnitofon bilan, videokasseta va lazer disklarning katta kolleksiyasi, ingliz tilidagi kitoblar, IRBIS dasturi, yangi UDK jadvalining elektron nusxasi sotib olindi. Libanta loyihasi asosida Rossiya Davlat ilmiy-texnika kutubxonasi mutaxassislari tomonidan seminar o`tkazilib, unda Toshkentning katta kutubxonalari xodimlari ishtirok etishdi. Shundan boshlab TATU kutubxonasida Irbis dasturi bazasida elektron katalog yaratila boshladi. 2001 yil universitet Elektron kutubxona yaratishni boshladi.

TATU kutubxonasi mavjud bo`lganlarda to`xtamasdan kitobxonlarga xizmat ko`rsatishning va ular bilan ishlash metodlarining yangi ko`rinishini amaliyotga tadbiq etishda davom etirmoqda. Ishlari uchun bir necha marta faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Manbalar

  • Kutubxona fondi 2015 yilda – 322 317 nusxa (40762nom)
  • Kitoblar 244 590 nusxa. (413 nom)
  • Davriy nashrlar – 12 843 nusxa. (85 nom)
  • Dissertatsiyalar, avtoreferatlar – 2966
  • CD-disklar – 2 412 nusxa

Ulardan:

  • ilmiy adabiyotlar – 100 870 nusxa (23 513 nom)
  • o`quv adabiyotlar – 194 845 nusxa (3728 nom)
  • badiiy adabiyotlar – 13 662 nusxa (10 648 nom)
  • chet el adabiyotlari – 16 321 nusxa (3 543 nom )
  • boshqa adabiyotlar – 12 843 nusxa (2873 nom)

Asosiy ish ko`rsatkichlari :

  • Yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan bo`lgan kitobxonlar soni – 5150
  • Barcha kitob berish punktlarida asosli xizmat ko`rsatilgan son- 16 422
  • Foydalanganlar soni – 182 493
  • Berilgan adabiyotlar soni: 338 783
  • an’anaviy tashuvchilarda – 277 287
  • elektron tashuvchilarda – 61496