TATUda “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko‘rik tanlovi

5 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'zbegimning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 103 yilligi munosabati bilan "Zulfiyaxonim izdoshlari” ko'rik tanlovi o'tkazildi. Ko'rik tanlov O'zbekiston yoshlar ittifoqining universitetimizdagi boshlang'ich tashkiloti hamda xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirni boshlang'ich tashkilot yetakchisi, rektorning yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari U.Abilov ochib berdi va ishtirokchilarga omadlar tiladi.
Tadbirda “Kasbiy ta'lim” fakultetidan Lola Shomaliyeva, “Televizion texnologiyalari” fakultetidan Munisaxon Qodirxo'jayeva, “Kompyuter injiniring” fakultetidan Sevara Umurqulova, “Axborot xavfsizligi” fakultetidan Dilnoza Sodiqova hamda AKT sohasida “Iqtisodiyot va menejment” fakultetidan Mohisitora Sodiqova lar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarni baholash 3 ta shart - tanishtiruv, savol-javob va erkin mavzu hartlari bo'yicha amalga oshirildi.
Natijalarga ko'ra, faxrli birinchi o'rinni - “Axborot xavfsizligi” fakulteti talabasi Dilnoza Sodiqova, ikkinchi o'rinni - “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabasi Mohisitora Sodiqova hamda uchinchi o'rinni - “Kompyuter injiniring” fakulteti talabasi Sevara Umurqulova egalladilar.
G'oliblar Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.