Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

PQ-3581-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarni rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-sonli va “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmonlariga asosan:

1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.Narbayeva zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                             Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018 yil 2 mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3581-sonli qarori bilan
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
R O‘ Y X A T I

Jullibayeva Shahodat Kuralbay qizi – Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi
Utemuratova Nargiza Aliyevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus madaniyat va san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi
Ahmedova Dilrabo Obid qizi – Andijon davlat universitetining 1-bosqich talabasi
Obidjonova E’zoza Akmaljon qizi – Andijon viloyati Marhamat qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 1-bosqich o‘quvchisi
Baxshilloyeva Gulchiroy Baxtiyor qizi – Buxoro san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi
Bozorova Safiya Safar qizi – Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Abdullayeva Visola Ubaydulla qizi – Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi
Shokirova Aziza Ilhom qizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi
Neymatova Yulduz Qosim qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi
Choriyeva Malika Shuhratovna – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi
A’zamova Munisa Akram qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)
Mannonova Mahliyo Hafiz qizi – Navoiy viloyati Uchquduq tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiyi
Yoqubjonova Shahnoza To‘lqinjon qizi – Namangan san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi
Sayfiddinova Mushtariybegim Faxriddin qizi – Namangan davlat universitetining 1-bosqich talabasi
Samatboyeva Maftuna To‘lqinjon qizi – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi
Yaxshiliqova Ra’no Ilhomiddin qizi – Samarqand viloyati Qo‘shrabot qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi
Isoqova Gulchiroy O‘ktam qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Mamirova Madinabonu Erkin qizi – Sirdaryo viloyati Guliston san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi
Sahiyeva Matluba Toshpo‘lat qizi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati kengashi qoshidagi “Salomatlik va ekologiya” markazi rahbari
Shaymardonova Muxlisa Usmonovna – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi
Karimova Muxtasar Dilshod qizi – Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi
Umirzoqova Iroda Abdigapbar qizi – Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi
Jo‘rayeva Sevara Murotjonovna – V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 10-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)
Ermatova Zulayho Rustamjon qizi – Farg‘ona politexnika institutining 2-bosqich talabasi
Abdikarimova Zuhra Bahromovna – Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi
Yusupova Shohida Umidjon qizi – Xorazm viloyati Yangibozor pedagogika va sport kollejining 3-bosqich o‘quvchisi
Abdullayeva Inoyatxon Bunyod qizi – V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchisi
Abdusattorova Bahora Fazliddinovna – O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi