Yosh olimlar diqqatiga! Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrlar!

Sizni TATU qoshidagi “Yosh olimlar kengashi” ning 16 fevral kuni soat 10:00 da kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilamiz!

Kun tartibi:

  • Turin politexnika universiteti Toshkent filiali yetakchi mutaxassisi Xolxujayev Jasurning «Kontaktsiz o‘lchov mashinalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish» mavzusidagi ma’ruzasi.
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universeti “Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi assistenti Baxodir Yusupovning «Elektron hujjatlar bilan ishlashda mavjud muammolar va ularning yechish usullari» mavzusidagi ma’ruzasi.
  • Turli masalalar.