TATUda “Yong‘in profilaktikasi kuni”ga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot

27 iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumani YOXB xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” yuzasidan amaliy mashg‘ulot va seminar o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-son Qarorining 6-bandi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika hududida haftaning har chorshanba kuni “Yong‘in profilaktikasi kuni” o‘tkazish belgilangan.