TATUda "Industriya-4.0 va sun’iy intellekt” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi

10 iyul kuni TATU professor-o‘qituvchilari va talabalariga “Industriya-4.0 va sun’iy intellekt” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminar Janubiy Koreyaning milliy transport universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, professor Ryum Duk Oh va Ahn Junho tomonidan “Sun’iy intellekt va to‘rtinchi avlod industriyasi” mavzuida taqdimot qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etildi.