UzVisit loyihasining android ilovasi yaratildi

TATU qoshidagi O'zbek-Hind AT markazining "ProLab Android" jamoasi Activemedia Solutions bilan hamkorlikda uzvisit.com saytining mobil ilovasini ishlab chiqishdi.

UzVisit loyihasi O'zbekistondagi diqqatga sazovor maskanlar, restoran va mehmonxonalar, savdo markazlari va tarixiy majmualarga 360 gradusdagi sferik panorama texnologiyasi yordamida virtual sayohat qilish imkonini beradi. Bu esa O'zbekiston va uning turistik salohiyatini yanada real aks ettirishga katta yordam beradi. 


Mobil ilova saytdagi barcha obyektlar, ularning kartadagi joylashuvi, ular haqida umumiy ma'lumotlar bilan birgalikda obyektning 360 sferik panoramasini ham taqdim etadi. Endi mobil qurilma yordamida biror bir tanlangan obyekt ko'rinishi haqida realistik tasavvur olish imkoniyati mavjud. Dasturni Google Play yoki AndroidBozor ilovalar do'konidan yuklab olishingiz mumkin.