Toshkent axborot texnologiyalari universitetida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

7 iyul kuni TATUda respublika ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Press-turda 15 ga yaqin respublika gazeta jurnallari va 4 ta telekanal vakillari ishtirok etdilar.

Press-turni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23 iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2360-sonli, 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-1942-sonli Qarorlarini bajarilishi yuzasidan TATUda amalga oshirilgan ishlar va yetuk mutaxassislarni tayyorlashdagi yaratilgan sharoitlar hamda 2016 yil 26 maydagi "2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida"gi PQ-2534-sonli Qarorlarini bajarilishi bo‘yicha keng jamoatchilikni xabardor qilish, shu bilan birga, abiturientlarni TATUning bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va ularga
2016-2017 o‘quv yiliga qabul bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni yetkazish etib belgilandi.

Press-tur davomida 2016-2017-o‘quv yili uchun ketayotgan qabul jarayoni, abiturientlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan imkoniyatlar, hujjatlarni qabul qilish jarayonini tezlashtirish va osonlashtirish maqsadida respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchilardan bo‘lib joriy etilgan TATU va uning hududiy filiallarida elektron qabul interaktiv xizmati - qabul2016.tuit.uz tizimi, abiturientlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv laboratoriyalarida tashkil etilayotgan maslahat darslarining olib borilishi, Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan joriy yilning 4 iyulida boshlangan malaka oshirish kurslarida borayotgan dars jarayonlari (darslar Janubiy Koreya Sungshil universitetining 3 nafar professorlari: Yu Kvang Bok, Li Kang Hi va Cho Mun tomonidan olib borilmoqda) bilan tanishildi.

Press-tur yakunida OAV vakillari uchun TATU va uning hududiy filiallari o‘rtasida videokonferentsiya orqali matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjuman davomida TATU rektori O‘.R. Xamdamov qabul jarayonining borishi, yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari, abiturientlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, filiallardan xujjat topshirayotgan abiturient va ularning ota-onalarining ham fikrlari tinglandi.