Terabayt.uz yangiliklar portalining mobil ilovasi yaratildi

TATU qoshidagi O'zbek-Hind AT markazining "ProLab Android" jamoasi Terabayt.uz yangiliklar portalining mobil ilovasini ishlab chiqishdi.

Terabayt.uz - axborot-mommunikatsiya texnologiyalari, hi-tech va elektronika, turli gadjetlar va texnologik loyihalar haqidagi yangiliklarni tezkor ravishda o'zbek tilida yoritib boruchi uznetdagi yetakchi yangiliklar portali hisoblanadi. Mobil ilova saytdagi yangiliklarni mobil qurilmalarga tezkor yetkazish va o'quvchilar uchun qulay tarzda taqdim etish bilan birgalikda yangiliklarni offlayn tarzda ham kuzatib borish imkoniyatini beradi.

Mobil ilovada Android qurilmalar uchun ilovalar yaratishning eng oxirgi tendensiyalaridan foydalanildi. Yangiliklardagi grafik ma'lumotlarni yuklashda mobil internet trafigini tejash bo'yicha bir qancha sozlanmalarga ega ushbu dastur AKT sohasi qiziquvchilari, talabalar va keng omma uchun mo'ljallangan. Dasturni Google Play ilovalar do'konidan yuklab olishingiz mumkin.