Shinxan universiteti prezidenti TATUga tashrif buyurdi

12 iyun kuni Janubiy Koreyaning Shinxan universiteti prezidenti Byung Ok Kim boshchiligidagi delegatsiya TATUga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarni o‘zaro tajriba almashishlarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 fevral kuni universitet rektorining Janubiy Koreya respublikasiga tashrifi davomida har ikki universitet o‘rtasida akademik xamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan Anglashinuv Memorandumi imzolangan edi.