TATUda targ‘ibot tadbiri

22 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Amirqul Karim, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktrisasi M.Sotvoldiyeva, “O‘zbekkino” milliy agentligi qoshidagi “Kinoaktyor” teatr studiyasi aktyori O.Rajabqulov, 378 nafar talaba va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Targ‘ibot tadbirini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarda Vatanimizning har bir qarich yeri, ona tuprog‘imiz, musaffo osmonimiz va go‘zal diyorimizning daxlsizligini, tinchligini asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini unutmasligimiz kerakligi, bu yo‘lda barchamiz birdamlik bilan hamjixatlikda doimiy harakat qilishimiz lozimligini yana bir bor chuqurroq anglab olishdan iborat edi.