TATU rektorining 2017-2018-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan abiteriyentlarning ota-onalariga yo‘llagan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli OTA va ONAlar!

Sizni mustaqilligimizning 26 yillik bayrami bilan hamda farzandingizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga talabalikka qabul qilinganligi bilan samimiy muborak etamiz!
Farzandingizga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha to‘laqonli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Sizning Vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizga ishonamiz.

        Hurmat bilan,

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti rektori                             T.Teshabayev