Singapur milliy universiteti qoshidagi Elektron hukumat boshqaruv markazi direktori Ashok Kumar tashrifi

2017 yil 10 oktyabr kuni Singapur milliy universiteti qoshidagi Elektron hukumat boshqaruv markazi direktori Ashok Kumar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda TATU rektori T.Teshabayev, Ilmiy ishlar prorektori B.Usmanov, Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i J.Abdujalilov ishtirok etdi.

TATU rektori tomonidan ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatilishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanib, ilk bosqichda Singapur milliy universitetidan professorlarni taklif qilib TATU professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.