Professor-o‘qituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

Sizni Mahkamov Anvarjon Abdujabborovichning “Quloq chanog’i tasvirlari tahlili asosida shahsni tanib olish algoritmlari” mavzusidagi 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Sh.X.Fozilov) mutaxassisligining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda Mirzayev Olimjon Nomazovichning “Belgilar fazosi o’lchamining kattaligini hisobga olgan holda potensiyal funksiyalar sinfi doirasida tanib olish operatorlarini sintez qilish” mavzusidagi 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” mutaxassisligining (Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Sh.X.Fozilov) texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarning muhokamasi bo‘lib o‘tadigan ilmiy seminarga taklif etamiz.


Seminar 2018 yil “7” may kuni soat 14:00 da TATU bosh binosi 116-honada bo‘lib o‘tadi.