TATUda Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) hamkorligida “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslar o‘tkazildi

2018 yil 15 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) bilan imzolangan Memorandum asosida, TATU professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari o‘tkazildi.
O‘quv-trening kurslaridan asosiy maqsad – universitet professor-o‘qituvchilari va iqtidorlitalabalari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchunOchiq kodli dasturiy maxsulot yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

O‘quv-trening kurslari 16-17 may kunlari ham davom etadi.