Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Talabalar Respublika Fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 11-12 may kunlari universitetimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Talabalar Respublika Fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkazildi.
Unda 56 ta oliy ta’lim muassasalarida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 1-2-3 turlarda dasturiy tillar (Masalalar ACM yo‘nalishida, ixtiyoriy S, S++, Delphi, Paskal va Java)dan foydalanib masalalarga yechim topishdi. 4 turda esa 50 ta informatika va axborot texnologiyalari faniga oid test topshirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni TATU Samarqand filiali talabasi M.N.Narzullayev, 2-o‘rinni Namangan davlat universiteti talabasi N.N.Karimov, 3-o‘rinni Qarshi davlat universiteti talabasi M.Sh.Shonazarov egalladi.
Olimpiada yakunida g‘oliblar va barcha ishtirokchilarga diplom va sertifikatlar topshirildi.