Muhammad al-Xorazmiy nomli respublika fan olimpiadasi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2834-son qarori ijrosini ta’minlash hamda respublikamizdagi, jumladan, olis hududlardagi yoshlarga o‘z iqtidorini namoyon etishlariga shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni saralab olish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga shunday iqtidor egalarini maqsadli jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilanfizika va matematika fanlaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Respublika fan olimpiadasi o‘tkazish e’lon qilingan edi. Olimpiadaning birinchi va ikkinchi bosqichlari hududlarda 20 yanvar va 10 fevral kunlari onlayn tarzda o‘tkizilib, g‘oliblar aniqlangan va 3-bosqichda ishtirok etish uchun Toshkentga. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga taklif etilgan edi.
Bugun, 23 fevral kuni ushbu olimpiadaning uchinchi – yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Unda hududlardan ishtirok etib, 80 baldan yuqori ball to‘plagan 13 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Olimpiadada 1-3 o‘rinni olgan o‘quvchilar: Sultonov O‘tkir Baxtiyor o‘g‘li, Masharipov Umrbek Mansurbek o‘g‘li, Sa’dullayev Muxriddin Saydali o‘g‘li Noutbuk bilan taqdirlandilar, qolgan ishtirokchilar ham “O‘zbekiston pochtasi” AJ, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi, Elektromagnit moslashuv markazi DUK, “UNICON.UZ” DUK, Toshkent shahridagi INXA universiteti tomonidan planshet va smartfonlar bilan taqdirlandilar. O‘z navbatida g‘oliblar INXA universitetida ingliz tili kurslaridabepul o‘qish huquqini ham qo‘lga kiritdilar.
Eslatib o‘tamiz, olimpiada jarayoni matfiz.uz saytida onlayn tarzda o‘tkazilib, yoritib borildi. Olimpiadada ishtirok etish uchun dastlab 4755 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shulardan, 585 nafar ishtirokchi olimpiadaning 2-bosqichiga qatnashish huquqiga ega bo‘lgan. Saytning g‘oliblar sahifasida esa 1- va 2-bosqichdan o‘tganlar xakidagi ma’lumotlar yoritib borilgan.