Talabalar respublika Fan olimpiadasi g’oliblari!

30 sentyabr kuni o’tkazilgan TATU Ilmiy kengashida Talabalar respublika fan olimpiadasida ishtirok etib, 1-3-o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1,2,3-darajali diplomlari bilan taqdirlandilar. Jumladan, “Kompyuter grafikasi” fanidan o’tkazilgan olimpiadada 2-o’rinni qo’lga kiritgani uchun Abdusalimov Javoxir Anvar o’g’li 2-darajali diplom bilan, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’tkazilgan olimpiadada 3-o’rinni qo’lga kiritgani uchun Abdukarimov Sirojiddin Sayfulla o’g’li 3-darajali diplom bilan, Fizika fanidan o’tkazilgan olimpiadada 3-o’rinni qo’lga kiritgani uchun Rashidov Ilyos Xamid o’g’li 3-darajali diplom bilan taqdirlandilar. Biz g’oliblarni erishgan yutuqlari bilan taqdirlab, keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!