TATUda “ochiq eshiklar kuni”

14 iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kollej va litseylarning bitiruvchi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Shu kuni universitet rektori boshchiligidagi mutasaddilar o‘quvchilarga universitetda 2018-2019-o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuliga tayyorgarlik, yangi ochilgan mutaxassislik va yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Universitetda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, faoliyat yuritayotgan markaz va laboratoriyalar bilan tanishtirildi.