Diqqat! TATU va hududiy filiallari Akademik litseylarida 2018/2019 o‘quv yiliga saralash imtihonlari boshlanmoqda

Joriy yilning 24 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va xududiy filiallari Akademik litseylarida 2018/2019 o‘quv yiliga saralash imtihonlarini bo‘lib o‘tadi.
Akademik litseyda 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlarini yuqori darajada ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida, barcha fanlardan saralash imtihonlari akademik litsey binosida belgilangan auditoriyalarda o‘tkazilishi belgilandi. Saralash imtihonlarini videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, o‘quvchilarning ota-onalariga onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratilmoqda.

TATU qoshidagi Akademik litseyda 9-sinf bitiruvchilarini saralash imtihonlari shakllari va o‘tkazish muddatlari

Ta’lim yo‘nalishi

Imtihon o‘tkaziladigan fanlar

Imtihon shakli

Imtihon uchun belgilangan me’yorlar

Ajratiladigan vaqt (minut)

(minut)

Imtihon bo‘lib o‘tadigan sana

1.

Aniq fanlar

Ona tili va adabiyoti

Test

15 test savollari

30

24 iyul 2018 y.

Fizika

Test

15 test savollari

30

Matematika

Test

15 test savollari

30

2.

Xorijiy filologiya (tillar bo‘yicha: ingliz tili )

Ona tili va adabiyoti

Test

15 test savollari

30

Chet tili

Test

15 test savollari

30

Тарих

Test

15 test savollari

30