2018-2019 o‘quv yilidan boshlab TATU ta’lim kredit tizimiga o‘tadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab ta’lim kredit tizimini joriy etadi. Bu haqda2018 yilning 22 may kuni #MITCROADMAP2018 “ICT-tarmog‘i vaIT-ta’limining rivojlanish istiqbollari, davlat va biznesning o‘zaro hamkorligi” konferensiyasida chiqish qilgan IUT rektori Sarvar Babaxodjayev ma’lum qildi.

#MITCROADMAP2018 konferensiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkazilib, unda O‘zbekistonning vazirliklari va idoralari, diplomatik korpus va xususiy sektor vakillari ishtirok etdilar.

IUT rektori Sarvar Boboxodjayev ushbu tizimni joriy etish orqali talabalar ba’zi mavzularni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta’kidladi.

“Ta’limning kredit tizimi shuningdek, semestr davomida o‘qish haftalariga ta’sir qiladi. 18 haftalik yarim yildan 15 haftalik yarim yilga ko‘chirish rejalashtirilgan”, - deya ta’kidladi u.

Qayd etamiz, kredit tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2018 yil 19 fevralda qabul qilingan PF-5349sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tatbiq etiladi.

Tizim ta’lim sifatini yaxshilash, xalqaro tavsiyalarni qo‘llash asosida xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga qaratilgan.

Shuningdek, tizimni joriy etish TATUga xorijiy universitetlar bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar va pedagog kadrlarni almashish imkonini beradi.

Kredit tizimi raqobat muhitini yaratgan holda o‘qituvchiga yangi pedagogik texnologiyalar va o‘quv jarayonining oqilona shakllarini rivojlantirish orqali o‘zining ilmiy-pedagogik darajasini oshirish imkonini beradi.

Asosiysi tizim talabalarga o‘zining mustaqil ta’lim dasturini shakllantirish va bilimlarni baholashning shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

Kredit tizimining qabul qilinishi, shuningdek, Bolon jarayoni doirasida oliy ta’lim sohasidagi Yevropa-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishda muhim tarkibiy qism hisoblanadi.

Bolon jarayoni oliy ta’lim kredit tizimi uchun umumlashtirilgan asos bo‘lib kelmoqda, u talabalarning mobilligiga, xalqaro o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishda isbotlangan tajribaga ega bo‘lib, kredit-transport tizimi va kreditlarni to‘plash asnosida rivojlanmoqda.