Rektorning Koreyaga safari yakunlandi

19-27 fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayevning Koreya Respublikasiga safari uyushtirildi.
Safar davomida rektorning Koreya Respublikasidagi Songyungvan universiteti (SKKU) vitse-prezidenti Ji Beom Yoo, Shinhan universiteti vitse-prezidenti Bo-Sun Yu, Seul Milliy fan va texnologiyalar universiteti (SeoulTech) prezidenti Kim Jongxo, Milliy Axborot rag‘batlantirish agentligi (NIPA) prezidenti Yun Jong-lok, Koreya ilg‘or fan va texnologiyalar instituti (KAIST) prezidenti Sung Chul Shin, Global Axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari dasturi (ITTP) direktori Jayejeung Rxo, Korea Media va sana’t universiteti (KUMA) prezidenti Yoo Jaye Von, Elektronikalar va telekommunikatsiyalar ilmiy instituti (ETRI) prezidenti Sang Hoon Li, Jeju milliy universiteti (JNU) prezidenti Xyangjin Xux va Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) global akademiya direktori/vitse prezidenti Ox Kang-tak bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan uchrashuvlari o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda salohiyatli talabalar va professor-o‘qituvchilarga magistratura va PhD dasturida ta’lim berish, o‘quv jarayonida kredit ta’lim tizimini joriy etishda ko‘maklashish, ilmiy loyihalarni bajarishda hamkorlik qilish va xalqaro maqolalar chop etish, o‘quv jarayoniga professor-o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yish, halqaro konferensiya va seminar treninglar tashkil etish, elektron shakldagi adabiyotlarni almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olinib, qator Anglashinuv Memorandumlari imzolandi.