TATUga Koreya Respublikasining Jeju milliy universiteti delegatsiyasining tashrifi

23 may kuni Song Seok-eon Jeju milliy universiteti (JNU) prezidenti boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi. TATU va JNU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish kelishib olindi:

  • salohiyatli talabalar va professor-o‘qituvchilarga magistratura va PhD dasturida ta’lim berish;
  • o‘quv jarayonida kredit ta’lim tizimini joriy etishda ko‘maklashish;
  • ilmiy loyihalarni bajarishda hamkorlik qilish va xalqaro maqolalar chop etish;
  • o‘quv jarayoniga professor-o‘qituvchilar almashinuvi.
Uchrashuv yakunida universitetlar o‘rtasida Akademik hamkorlik kelishuvi doirasida Anglashinuv Memorandumi imzolandi.
Shuningdek, TATU talabalariga Jeju milliy universiteti to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.