Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga 2018 yili uchun quyidagi ixtisosliklar bo'yicha qabul e'lon qiladi

05.04.01 — Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash;

05.04.02 — Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil aloqa tizimlari;

05.01.05 — Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi;

05.01.04 — Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ILMIY-INNOVATSION MARKAZI 2018 YILI UCHUN QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA QABUL E ’LON QILADI

05.13.01 — Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash;

05.13.02 — Informatikaning nazariy asoslari;

05.01.07 — Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui.

Tayanch doktarantura (PhD) ga talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan TATU yoki TATU huzuridagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markaziga murojaat qiladi:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi, bakalavriaturasi diplomlari nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;

- 4×6 sm o‘lchamdagi 2 ta dona fotosurat; pasport nusxasi.

Tayanch doktarantura (PhD) sifatida o‘qish uchun kirayotgan shaxslar:

- mutaxassislik,

- chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Tayanch doktorantura (PhD) uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qiladi:

- ish joyidan tavsifnoma;

- ma’lumotnoma;

- magistrlik diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.

Mustaqil izlanuvchilik sifatida o‘qish uchun kirayotgan shaxslar:

- mutaxassislik bo‘yicha suhbatdan o‘tadi.

Xujjatlarni qabul qilish muddati 2016 yil 15 sentyabrdan – 15 oktyabrgacha.

Xujjatlar quyidagi manzilga jo‘natiladi:

- 100202, Toshkent sh., Amir Temur ko‘ch.,108, TATU;

Ma’lumot uchun telefonlar:

- 238-64-43, 238-64-03.