INTV -maqsadlar, rejalar va yangi a’zolar

7-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli, ijodkor talabalari tomonidan tashkil etilgan INTV-internet telekanali a’zolari navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishdan maqsad, universitetdan saralab olingan yosh va iqtidorli talabalarni o‘zlarini imkoniyatlaridan foydalanish va iqtidorlarini yuzaga chiqarishda yordam berish hisoblanadi. Ta’kidlab o‘tish joizki, universitetning 60 dan ortiq talabalaridan ko‘plab iqtidor sohiblari saralab olingan edi. Talabalar turli yo‘nalishlarda: media, mobil ilovalar, web texnologiyalar kabi bir qancha axborot texnologiyalari sohasida fikr almashinib, o‘zlarining oldiga aniq maqsadlar va yo‘nalishlarni belgilab olishdi. Yig‘ilish davomida yoshlar «Ijodkor bo‘l-o‘zingni kashf qil!» shiori ostida ko‘plab g‘oyalarni ilgari surishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, INTV-Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh iqtidorli talabalari tomonidan shu yilning yanvar oyida internet telekanal sifatida tashkil etilgan edi. Bugungi kunga kelib INTV da 30 yaqin talabalar o‘zlarining turli qirralarini kashf qilgan holda faoliyatlarini olib borishmoqda. INTV haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni www.intv.uz yohud facebookdagi @intvuz sahifasi orqali bilib olishingiz mumkin.