E’LON! BARCHA FAOL VA O‘ZINI IQTIDORLI DЕB HISOBLAYDIGAN TALABALAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi A.Aripov tomonidan 2017 yil 12 dekabrda (01-07/1-2987-son) tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning ikkinchi yo‘nalishi, 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida,
barcha fakultetlar talabalari o‘rtasida “OZOD VA OBOD VATANGA BAXSHIDA UMR” hamda “ISLOM KARIMOV ASARLARINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlov ikki bosqichda: birinchi bosqich - 22 yanvardan 24 yanvarga qadar fakultetlararo, ikkinchi bosqich - 26-27 yanvar kunlari birinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi.
“OZOD VA OBOD VATANGA BAXSHIDA UMR” mavzuidagi insholar tanlovida ishtirok etishni xoxlaganlar “O‘zbek va rus tillari” kafedrasiga, “ISLOM KARIMOV ASARLARINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI” mavzusidagi insholar tanlovida ishtirok etishni xoxlovchilar “Gumanitar fanlar” kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.
Tanlovga taqdim etilgan barcha insholar kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Universitet miqyosida 1,2,3-o‘rinlarga loyiq deb topilgan insholar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi. Shu bilan birga, g‘olib bo‘lgan talabalar universitetning Faxriy yorlig‘i hamda pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

TANLOVDA FAOL ISHTIROK ETING VA IQTIDORINGIZNI NAMOYON QILING!