Professor-o‘qituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

Sizni 2018 yil 26 may kuni soat 10.00 da O.T.Allamovning “Graflar nazariyasi asosida marshrutlarni tanlash masalasini echish usul va algoritmlari” mavzusidagi 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” mutaxassisligining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi (Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori A.X.Nishanov) hamda soat 12.00 da J.I.Xo’jayevning “Paxta mahsulotlarini saqlash va g’ovak jismlarni quritishda issiqlik almashinuvi jarayonlarining matematik modellari” mavzusidagi 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” mutaxassisligining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi (Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori N.Ravshanov) muhokamasi bo‘lib o‘tadigan ilmiy seminarga taklif etamiz.
Himoyalar kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.