2017 yil 6 oktabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.t.07.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar bo‘ldi.

2017 yil 6 oktyabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.t.07.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar bo‘ldi.

Ushbu seminarda “05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘lining “Televizion dasturlarning media kontentini siqishning yuqori samarali tizimlari, sifatini baholash va ularni takomillashtirish uslublari” mavzuidagi (ilmiy rahbar akademik M.Komilov) va Djalalov Muzaffar Muxitdinovichning “Statik-fazoviy ob’ektlarni aniqlash va tanish monitoringida televizion tasvirlarga raqamli ishlov berish ” mavzuidagi (ilmiy rahbar akademik T.Radjabov) texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarinig muhokamasi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi.

Biz izlanuvchilarga tegishli ishlarni oxirigacha olib borib Ilmiy kengashda himoya qilishda omad tilaymiz.