Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

5-6 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag‘ishlanlangan “Iqtisodiyotning real tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan 20 nafar professor ishtirok etdi.
Konferensiyada iqtisodiyotning real tarmoqlarini innovatsion rivojlanishining istiqbollari va holatlari hamda sohalarning rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati masalalari muhokama qilindi va qator ahamiyatga molik takliflar bildirildi. Shu bilan birga, anjuman doirasida telekommunikatsion tizimlar va raqamli televideniya, radio, simsiz aloqa texnologiyalari, radiotexnika sohalarining rivojlanish istiqbollari muhokama etildi.