TATUDA XAYRIYA XASHARI!

Bugun erta tongdan kimdir ko‘chalarni supuryapti, kimdir ariqlarni tozalamoqda, yana birov daraxtlarga shakl berish bilan band. Xullas, shu elning farzandiman degan inson borki, xayriya tadbiridan chetda turgani yo‘q.
Davlatimiz mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami arafasida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan hayriya xasharida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Universitet hududida tozalash va obodonlashtirish ishlari qizg‘in hamda ko‘tarinki ruhda davom etyapti.