TATUning 3 nafar o‘qituvchisi “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Ma’lumki, har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori asosida respublika miqiyosidagi barcha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi o‘tkaziladi. Bu yilgi o‘tkazilgan tanlovda universitetning 3 nafar yosh pedagoglari g‘olib bo‘lishdi. Jumladan,

  • Kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi bo‘yicha 2017 yil uchun “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasini universitet Informatika kafedrasi o‘qituvchisi Maxmudov Anvarjon Zokirovich;
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi bo‘yicha 2017 yil uchun “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasini Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Sharipova Aziza Abdumannapovna;
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi bo‘yicha 2017 yil uchun “Innovatsiya va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasini Audiovizual texnologlar kafedrasi dotsenti Beknazarova Saida Safibullaevna qo‘lga kiritdi.

Biz g‘oliblarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularning kelgusi ishlarida yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!