TALABALAR DIQQATIGA!

TATU talabalari o‘rtasida “Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasini fosh etuvchi ko‘chma fotoko‘rgazma va devoriy gazetalar tanlovi” tashkil etilmoqda. Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar o‘z ishlanmalarini 15 noyabrga qadar o‘zlari tahsil olayotgan fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlariga yoki Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga (A-bino, 224-xona) topshirishlari mumkin. Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun fotoishlanma va devoriy gazetalar 15 noyabrga qadar qabul qilinadi. Noyabr oyining oxiriga qadar taqdim etilgan ishlar saralanadi va noyabr-dekabr oylari davomida ko‘rgazma namoyish etiladi. Ko‘rgazmada 1-2-3-o‘rinni olgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

O‘z iqtidoringizni namoyish eting, g‘olib bo‘ling va yutuqni qo‘lga kiriting!!!