Diqqat tanlov! Hurmatli talabalar!

O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistraturasi talabalari o‘rtasida “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya 2017-2018” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovga ijodiy ishlar (videorolik, loyiha, prezentatsiya va maqola) 2018 - yilning 20 - mayiga qadar Tashkiliy qo‘mitaga pochta orqali (SD diskda) 100000 Toshkent shahri, Mustaqillik Shoh ko‘chasi 59-uyda yoki elektron shaklda info@eco.uz manzilida qabul qilinadi. Ma’lumot uchun telefon: 230-41-56

Iqtidoringizni namoyon eting va tanlovda g‘olib bo‘ling!!!