TATU talabasi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot xavfsizligi fakulteti ”Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi 3-kurs 710-15 AXu guruh talabasi Ahmedov Qodirjon Soxibjon o‘g‘li joriy yilning 27-29 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Almata shahrida bo‘lib o‘tgan “New Silk Way International Model United Nations” xalqaro konferensiyasida “Economics and Social Council” komitetida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Qodirjon ma’ruzasida “dunyodagi rivojlanayotgan davlatlarda transport muammosini yechish, ishsizlikni oldini olish, korrupsiyani yo‘qotish, yetarli energiya bilan ta’minlash” kabi qator muammolar yechimi yuzasidan o‘z takliflarini bildirgan.