TATUda beg‘araz donorlik aksiyasi boshlandi

Hayotda kimgadir yordam berish, kimningdir hayotini saqlab qolish katta savob ishdir va bu ishni hamma qilishi joiz. TATUda beg‘araz donorlik aksiyasi har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladi. Bu yil ham ushbu aksiya 19-24-fevral kunlari tashkil etilmoqda. Siz qon berib, kimningdir, balki, endigina tug‘ilgan va kichkinagina yordamga ham muxtoj bo‘lgan jajjigina murg‘ak chaqaloqni umrini saqlab qolarsiz...

Aksiyada ishtirok eting, inson hayotni saqlab qolishga o‘z hissangizni qo‘shing!