TATUning professor-o‘qituvchilari texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

“1-oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni” bayrami arafasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o’qituvchilaridan: televizion texnologiyalari fakulteti dekani Faxriddin Nuraliev va TATU Nukus filiali o’qituvchisi Kuanishbay Seytnazarovlar doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan fan doktori ilmiy darajasini belgilovchi diplomlar bilan taqdirlandilar!