Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ta’lim muassasalari, konsernlar, tijorat banklari rahbarlari diqqatiga!

2018 yil 30 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “AT va KR vazirligi tassarufidagi korxonalar bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkaziladi. “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” si tadbiri davomida Siz, o‘z korxonangiz uchun universitetni 2017/2018 o‘quv yilida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilardan eng iqtidorlilarini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

“Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” si tadbiri universitet sport majmuasida soat 10:00 -14:00 gacha davom etadi.

Murojaat uchun telefon: 238-64-18