TATUning 24 nafar professor-o‘qituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida malaka oshirmoqda

TATUning 24 nafar professor-o‘qituvchilari Belorussiya davlat informatika va radiotexnika universitetiga 17-31 iyul kunlari davomida malaka oshirishga yuborildi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi PQ-2834 sonli “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlarning natijasidir.