TATUda Birinchi ilmiy Mobil uyali aloqa operatori ishga tushirildi

14 iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Bilayn kompaniyasi homiyligida tashkil etilgan zamonaviy mobil aloqa texnologiyalari o‘quv laboratoriyasining ochilishi bo‘ldi. Laboratoriyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Beeline” kompaniyasi rahbariyati, qator ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
“Beeline”ning Toshkent hududiy filiali mutaxassislari TATU talabalari bilan birgalikda sinovli aloqani amalga oshirdilar va tayanch stansiyalarini ishga tushirdilar.
TATU talabalari endi “Beeline”dan “TUIT Mobile” ning yangi texnologik laboratoriyasida uyali aloqa operatorlari uskunalari bilan ishlashni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 3 G va 4 G tarmoqlarida maxsus o‘rnatiladigan tayanch stansiyalar yordamida talabalar TATUning asosiy binosi hududida real vaqt tizimida mobil aloqa faoliyatini mustaqil ravishda ta’minlay olishadi.
Ushbu korporativ laboratoriyani tashkil qilinishi nafaqat universitet uchun, balki, kelajak mutaxassislar uchun “ochiq maydon” bilan bir xil sharoit yaratib beradigan misli ko‘rilmagan holatdir. Universitetning nazariy asoslari ilg‘or ishlab chiqarish amaliyotidan orqada degan fikr bor, biroq “TUIT Mobile” talabalarga bugungi kunda eng yetakchi uyali aloqa operatorlari ishlatadigan asbob-uskunalar bilan ishlash imkonini beradi. Ya’ni, ertaga uyali aloqa kompaniyasida ishlash uchun kelgan universitet bitiruvchilari qo‘shimcha malaka oshirish kurslarisiz o‘zlariga tanish bo‘lgan dasturiy komplekslar bilan ishlay oladilar.
“TATUda va “Beeline” kompaniyasi ko‘p yillar davomida hamkorlik qiladi, mana o‘tgan yili kompaniya tomonidan yangi talabalar turar joyi sovg‘a kilingan edi. “Uchinchi avlod” dasturida ham faol hamkorligimiz davom etmoqda. Albatta, biz uchun bu nafaqat yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash uchun yangi resurslar olish imkoniyati, balki iqtisodiyotning istiqbolli sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan innovatsion, zamonaviy universitetga aylanish yo‘lidagi vektordir”, – deydi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev.
“Unitel” MCHJ texnik yo‘nalishdagi mutaxassislarning 30 foizga yaqini TATU bitiruvchilari ekani - universitet nafaqat ta’lim poydevori, balki eng yirik uyali aloqa operatorining mutaxassis kadrlar o‘chog‘i tarkibiga kirishini ko‘rsatadi.
Mazkur loyiha haqida “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Bugun biz “Beeline” tarmog‘ida ishlatiladigan uskunalarga asoslangan hududdagi birinchi mobil aloqa operatorining ishga tushirilganiga guvoh bo‘ldik.
Boshqacha aytganda, bu o‘quv yoki testlash qurilmasi emas, balki to‘liq texnologik qurilma hisoblanadi. Biz, albatta, qurilmalarni o‘rnatish bilan cheklanmaymiz. Biz uchun bugungi kunda universitet bilan hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda. Biz muntazam asosda III va IV bosqich talablarini bu qurilmalarda ishlashga o‘rgatish va keyin Beeline korxonasida ishga joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz.
Ta’kidlash muhimki, bunday hamkorlik birdaniga ikkita masalani hal etishga imkon beradi: bizga oliy o‘quv yurtidan keyin yosh mutaxassislarni qayta tayyorlash zarurati bo‘lmaydi, TATU esa o‘z bitiruvchilarini ta’lim tugashi bilan ishga joylashishlarini ta’minlaydi hamda mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini sezilarli oshiradi.
TATU rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya telekommunikatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan barcha talabalar uchun amaliy o‘rganish joyi bo‘lib qoladi, Beeline korxonasi mutaxassislari bilan mashg‘ulotlar esa laboratoriya ishlari formatida bo‘lib o‘tadi.