Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "ACADEMICA" loyihasi doirasida Ikkinchi Milliy Tadbir

29 sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ACADEMICA loyihasining Ikkinchi Milliy Tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir loyihaning tajriba bosqichida maqsadli guruhlar ishtirokida modernizatsiya qilingan "Axborot xavfsizligi" va "Telekommunikatsiya" ta’lim yonalishlari ta'lim dasturlarini amalga oshirish maqsadida o’tkazildi.

Tadbirda universitetning professor-o’qituvchilari, magistrant va talabalari, loyihaga manfaatdor tomonlar-ish beruvchilar ishtirok etdi.

Loyihaning Mahalliy koordinatori Sobirjan Yusupov ACADEMICA loyihasining umumiy taqdimotini qilib, amalga oshirilgan ishlar hamda loyihadan kutilayotgangan natijalar haqida qatnashchilarni tanishtirdi.

Loyiha menejeri Nargiza Usmanova "ACADEMICA Virtual o'quv muhiti» mavzusida taqdimot berdi, asosiy e'tibor o'quv kurslarini modernizatsiya qilish trening jarayonini o’rganish, o'quv dasturlarini modernizatsiya qilishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish haqida batafsil to’talib o’tdi. Tadbir so’ngida loyihaning sinov treningida ishtirok etayotgan talabalar uchun tegishli shakllarni to'ldirish bo’yicha tafsiyalar berildi