O'zbek va rus tillari

Kafedra mudiri:

Abdullaeva Simela Xristoforovna

Qabul vaqti: Chorshanba , Juma (14:00 – 16:00)
Telefon: (0 371) 238-64-62

Hozirgi «O’zbek va rus tillari» kafedrasi dastlab 1955-1980 yillar «Rus va chet tillari» kafedrasi nomi bilan, 1980 yili «Chet tillar» kafedrasi tashkil etilish natijasida tillar kafedrasi va 1989 yili o’zbek tiliga davlat maqomi berilgandan so’ng 1990-1991 o’quv yilidan boshlab «O’zbek va rus tillari» kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedraga 1955-1671 yillar davomida M.E.Krukovskaya-Runskaya mudirlik qildi. «O’zbek va rus tillari» kafedrasiga katta o’qituvchi A.E.Sviridova (1971-1975), filologiya fanlari nomzodilari, dotsentlar O.E.Kostromina (1975-1980), V.M.Abdullayev (1980-1991), N.K.Yakubova (1991-2003) mudirlik qildilar. Hozirgi vaqtda kafedrani katta o’qituvchi S.X.Abdullayeva boshqarmoqda.

1986 yildan chet ellik talabalarni rus tiliga o’rgatish uchun kafedra tarkibida rus tili o’qituvchilari maxsus guruhi  tashkil etildi. Bu guruhga katta o’qituvchi I.M.Abakova rahbarlik qildi. Bu guruh katta o’qituvchilaridan  R.S.Xalimova, L.D.Xasanova, L.X.Xamdan-Zoda faol ishlab, 25 mamlakatdan kelgan chet ellik yoshlarga rus tilidan bilim berdilar.

Kafedra o’qituvchilari rusiyzabon guruh  talabalariga o’zbek tilidan va o’zbek talabalariga rus tilidan chuqur bilim berib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda kafedrada 2 ta dotsent, 4 ta katta o`qituvchi, 4 ta assistent faoliyat yuritmoqda.


Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Rus tili
  • O'zbek tili

Маgistratura:

  • Nutq madaniyati

Kafedra professor-o’qituvchilari

  • Abdullaeva Simela Xristoforovna - kafedra mudiri
  • Axmedova Muqaddas Xadimatovna - p.f.n, dotsent
  • Dospanova Dilyara Urakbaevna - f.f.n, dotsent
  • Gayubova Komila Anvarovna - katta o’qituvchi
  • Yulanova Nargiza Davlatovna - katta o’qituvchi
  • Xamdam-Zoda Leyla Xasanovna - katta o’qituvchi
  • Rahimova Nargiza Xamidullaevna - assistent
  • Nosirov Latif Xayrullaevich - assistent
  • Medentseva Natalya Petrovna - assistent
  • Yuldashev Aziz Uzgenovich - assistent

    Kafedradaning ilmiy faoliyati

    Kafedra o`qituvchilari “Теория и практика обучения узбекскому  и русскому языкам в техническом вузе”  mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

    Kafedra ilmiy tatqiqotlarni doktorantlar olib borishadi: Abdullaeva S.X., Yuldashev A.U., Medentseva N.P.

    Bugungi  kunda kafedraning   o’quv  ishlari  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  tasdiqlagan  namunaviy  dastur  asosida  hamda  kafedra  o’qituvchilari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  TATU  ilmiy kengashi  tomonidan  tasdiqlangan o’zbek  va  rus  tillari bo’yicha  ishchi dastur  asosida  olib  borilmoqda.

    Kafedra  qoshida  zamonaviy  texnologiyalar  bilan  jihozlangan  kompyuter  sinfida  o’zbek  va  rus  tillari  fanlari  bo’yicha  mashg’ulotlar  olib  boriladi. Shuningdek, talabalarning qo`shimcha va mustaqil shug’ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    O`zbek va rus tillari bo`yicha talabalar malaka va ko`nikmalarini chuqurlashtirish   maqsadida  kafedra o`qituvchilari  metodik ishlarni  faol ravishda  amalga oshirmoqdalar.

    Quyidagi  o`quv va o`quv – uslubiy qo`llanmalari ishlab chiqilgan:

    1. Абдуллаева С.Х. Задания для самостоятельной работы по русскому языку; Методическое пособие по проведению литературных чтений (на материале творчества М.Ю.Лермонтова и А.П.Чехова); “Развитие лучших традиций поэзии Востока в творчестве Зульфии”.
    2. Ахмедова М.Х. “Нутқ маданияти ва профессионал нотиқлик” (услубий  қўлланма).
    3. Хамдам-Зода Л.Х. Учебный словарь по направлению “Экономика и менеджмент в сфере ИКТ”.
    4. Гаюбова К.А. Юланова Н.Д. O’zbek tili fanidan uslubiy qo’llanma ( Dasturiy injiniring talabalari  uchun).
    5. Рахимова Н.Х. Практикум по развитию устной речи. Начальный курс 1 часть; Книга для чтения начальный курс 2 часть; Методическое пособие для студентов нефилологических вузов тесты и задания.
    6. Носиров Л.Х. Методическое пособие “Фразеология русского языка для студентов нефилологических вузов”.
    7. Меденцева Н.П. Методическое пособие для учащихся академических лицеев “Устное народное творчество”.

    Hozirgi paytda kafedrada TATU barcha yo’nalish talabalari uchun “Интегративный курс русский язык” o’quv –uslubiy qo’llanmasi  tayyorlanib , chop etilmoqda. Kafedra o`qituvchilari  texnik oliygohlarda  tillarni o`qitish nazaryasi va amaliyoti sohasida  ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.  O`quv jarayoniga infokommunikatsion texnologiyalar qo`llangan  pedagogik texnologiyalar tadbiq etilmoqda.

    Litseylar bilan hamkorlik

    Kafedra litsey va kollejlar bilan hamkorlikni faol olib bormoqda. Ular bilan birgalikda ochiq mashg’ulotlar, ilmiy va metodik seminarlar, buyuk allomalarga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.

    Kafedraning ma'naviy-ma'rifiy ishlari

    Kafedra o`qituvchilari TATUda ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etmoqdalar. Har yili o`zbek va rus tillarida  adabiy kechalar,  shoir va yozuvchilarning  hayoti va  ijodiga bag`ishlangan  tadbirlar, bundan tashqari turli dolzarb mavzular bo’yicha insholar ko’rik tanlovlari ham o`tkazib kelinmoqda.
    2017 yil 21 oktabr kuni o’qituvchilar N.D.Yulanova, K.A.Gayubovalar tomonidan “O’zbek va rus tillari” kafedrasi “Davlat tili qabul qilingan kun” ga bag’ishlab katta tadbir o’tkazdilar. 315-17, 316-17, 416-17 guruhlari talabalari tomonidan she’r va hikmatli so’zlar aytildi.

    2017 yil 9 favral kuni kafedra o’qituvchilari S.X.Abdullayeva, N.D.Yulanova, K.A.Gayubovalar tomonidan “Turkiy tillar otasi, g’azal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiy  hazratning tavallud topganligining 576 yillidida bag’ishlangan «Ko’hna tarixning porloq yulduzi»” nomli tadbir o’tkazildi.

    “O’zbekizton halq shoiri Erkin Voxidov” tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab 2016 yil  26 dekabr 452 xonada S.X.Abdullayeva, N.D.Yulanova, K.A.Gayubovalar tomonidan “Adabiy kecha” o’tkazildi.
    13 dekabr kuni 461-auditoriyada  “Mushoira kechasi”  o’tkazildi. Ushbu tadbir katta o’qituvchilar K.A.Gayubova va N.D.Yulanovalar tomonidan tashkil etilib, unda telekommunikatsiya fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi. Kechada taniqli mumtoz adabiyot vakillari Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Muqimiy, Furqat, Nodira, Zavqiy, Uvaysilarning ijod namunalari katta ishtiyoq bilan talabalar tomonidan yod olinda.