Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Universitetda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitet rahbariyatiga kelib tushgan murojaat o‘sha kunning o‘zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Murojaatlar Rektor tomonidan tegishlilik bo‘yicha mas’ul ijrochiga o‘z vaqtida o‘rganish va javob qaytarish yuzasidan beriladi.

Ijrochi murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda murojaatga asoslangan javob yuborishi zarur.

Murojaatga javobni universitet rektori yoki prorekttorlar imzolaydi.

Shuningdek, universitetda murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftari yuritilib, unda murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat etuvchi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shaxsning nomi, murojaatning qisqacha mazmuni, ijrosi to‘g‘risidagi belgi, shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.