Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari

Kafedra mudiri:

t.f.n, dotsent Sh.Yu.Djabbarov

Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma 10:00 dan 12:00 gacha
Telefon: (0 371) 238-64-19

2008 yil iyun oyida TATU rektorining 550-01-sonli buyrug‘iga asosan "Telematika tizimlari" va "Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish" kafedralari birlashtirildi va "Ma’lumot uzatish tarmoqlari va tizimlari" kafedrasi deb nomlandi. 

“Telematika tizimlari” kafedrasi 1958 yili telefon aloqasi kafedrasidan ajralib chiqdi va unga dastlab telegraf aloqasi, 1967-1968 yildan 1996 yilgacha xabarlarni diskret uzatish va telegraf aloqasi va undan so‘ng telematika tizimlari kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedra o‘sha vaqtda xozirgi Toshkent kasb-xunar kolleji asosiy binosida ish boshladi. 1958-yili telegrafiya asoslari fanidan Moskvadagi Markaziy aloqa ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi S.B.Bazilevich maruzalar qilgan, labaratoriya mashg‘ulotlarini esa assistent I.B.Zorin olib borgan. 1958-1960 uquv yillarida kafedra texnika fanlari nomzodi Ye.D.Milovidov mudirlik qildi. Bu davrda “Telegrafiya asoslari” fanidan maruzalarni Leningrad elektrotexnika aloqa institutidan xizmat safariga yuborilgan texnika fanlari nomzodi G.A.Yemelyanov xam o‘qidi. 1960-1961 o‘quv yilidan boshlab kafedrada MEAI ni tugatgan M.B.Asqarova va TEAIda tahsil olgan M.N.Aripovlar assistent lavozimida ish boshladilar. 1960-yil dekabr oyida assistent M.N.Aripov institut raxbariyati tomonidan MEAIga aspiranturaga maqsadli o‘qishga yuborildi.

Universitet 1961-1962 o‘quv yili binosiga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, “Telegraf aloqasi asoslari va tonal telegraflash” o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi. 1961-1962 o‘quv yilidan boshlab, kafedraga I.B.Zorin mudirlik qildi. Keyingi o‘quv yilida A.V.Marin va1963-1964 o‘quv yilidan 1968 yilgacha texnika fanlari nomzodi O.A.Labichev kafedraga mudirlik  qildirlar.  1967-68 o‘kuv yillarida kafedra "Telegrafiya va diskret ma’lumotlarni uzatish" kafedrasi deb atala boshlandi. M.N.Aripov 1964 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qilib, kafedraga assistent lavozimiga  qaytdi va 1968 yildan 2000 yil may oyigacha  kafedraga mudirlik qildi. 

Kafedraning ilmiy - tadkikot ishlari asosan shovqinbardosh kodlarni ishlatgan xolda ma’lumotlarni ximoya kilish, raqamli qurilmalarni nazorat va texnik diagnostika qilish mavzulariga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha professor M.N. Aripov tomonidan 6 ta monografiya va yuzga yaqin ilmiy ishlar chop etildi. Professor M.N.Aripov raxbarliklarida Sh.Z.Yunusov, M.Z.Yokubova, Z.B.Tukubaev, M.I.Djalilov Ye.D.Bichkovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoklashdi. Kafedra professor - o‘kituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 ga yakin o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.

1996 yildan boshlab kafedra nomi "Telematika tizimlari" kafedrasi deb o‘zgartirildi. 

1999 yildan boshlab kafedrada telekommunikatsiya soxasi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda va telekommunikatsiya soxasi bo‘yicha magistrlarni o‘qitishga tayyorlamoqda.

2001 yildan 2005 yil mart oyigacha Telematika tizimlari kafedrasiga t.f.n., dotsent N.B. Usmonova mudirlik kildi.  

 2005 - 2007 yillarda t.f.n., dotsent Yu. K. Kamolov kafedra mudiri bo‘lib ishladi.

Kafedrada o‘tgan davrda texnika  fanlari nomzodi M.B.Asqarova, A.V.Smorodin, X.X.Fetlyaeva, X.Q.Qodirxo‘jaeva R.X.Djuraev, O.A.Mileeva, T.Z.Tursunxo‘jaeva, texnika fanlari nomzodi, dotsentlar: S.N.Saxarchuk, Sh.Z.Yunusov, R.M.Rajabov, N.S.Xodjaev, R.Z.Gizatulin M.I.Djalilov, Yu.K.Kamolov, Ye.D.Bichkov , katta o‘qituvchi  va ilmiy xodimlar;I.A.Fetlyaev, F.Z.Faxrutdinov N.X.Xikmatullaev, M.M.Zakirovlar o‘qituvchi va ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdilar. 1976-1986 yillarda professor D.A.Abdullaev o‘rindoshlik yo‘li bilan axborotlarni diskret uzatish fani bo‘yicha leksiyalar o‘qidi.

Kafedra o‘qituvchi va xodimlari professor  M.N.Aripov raxbarligi ostida Moskva, Kaluga, Nijniy-Novgorod shaxarlari ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy tadqiqot ishlarini xam olib bordilar. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini ikki yo‘nalishda olib borildi: axborotlarni diskret uzatish ishonchliligini oshirish metodlarini va raqamli tizimlar xolatiga texnik tashxis qo‘yish.

Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda o‘qituvchilar bilan birga kafedra xodimlari I.A.Fetlyaev, R.X.Djuraev, I.P.Borodina, M.M.Minorov, M.M.Zokirov, Ye.D.Bichkovlar faol ishtrok etdilar. Talqiqot natijalari bo‘yicha dotsent M.N.Aripov raxbarligi ostida va uning ilmiy maslaxati bilan Sh.Z.Yunusov, M.Z.Yoqubova, Z.B.Tukubaev, M.I.Djalilov, Ye.D.Bichkovlar nomzodlik disseratatsiyalarni ximoya qildilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 200dan ortiq ilmiy maqolalar,100 ga yaqin o‘quv-uslubiy o‘qllanmalar chop yetildi, 20 ixtirochilik guvoxnomasini olishga muyassar bo‘ldi.

Kafedra o‘kituvchilarining samarali mexnatlari davlatimiz tomonidan munosib takdirlanishgan. Jumladan, 1998 yilda Mustaqillik bayramining 7 yillik munosabati bilan R.X. Djuraevga “A’lo darajali mutaxassis” unvoni, 2005 yilda TATUning 50 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda kafedraning katta o‘kituvchisi T.Z. Tursunxodjaeva davlatimizning “Mexnat shuxrati” ordeni, Mustaqillikning 15 yilligi munosabati bilan N.B.Usmanova “Ko‘krak nishoni” ordeni bilan taqdirlandilar.

Bundan tashkari kafedra dotsenti N.B. Usmanova IEEE a’zosi, kafedra aspiranti N.G. Kushakova 2006 yilda prezident stipendianti, kafedra aspiranti M.D. Yuldashev 2005 yilda Alkatel kompaniyasining stipendianti bo‘ldilar.

Kafedra o‘z faoliyati davomida mutaxassislik bo‘yicha 1500 dan ortiq injenerlar, bakalavrlar va magistrlar tayyorlagan. Ular o‘z ish faoliyatini fakat O‘zbekiston Respublikasida emas, balki chet el mamlakatlarida xam davom ettirmoqdalar.

“Raqamli texnika va aloqa boshqaruv tizimlari” kafedrasi (Telekommunikatsiya tarmoqlarni boshqarish kafedrasi) 1985 yil SSSR aloqa vazirligining 1984 yil 28 noyabrda chiqarilgan buyrug‘iga asosan tashkil topgan. O‘kuv jarayonini tashkil qilish va “Elektr aloqa boshqaruv tizimlari” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun “Avtomatik elektr aloqa tizimlari” va “Diskret malumotlarni uzatish va telegrafiya“ kafedralarining yetakchi o‘kituvchilari jalb qilindi. Ma’lumki, 1980 yillarga kelib chet el va SSSRda dastur orqali boshqariladigan elektron va elektron kommutatsiya tizimlari keng tadbiq etila boshlandi. Xuddi shunday avtomatik telefon stansiyalari O‘rta Osiyo xududiga xam tadbiq etila boshlangan edi. Yangi mutaxassislarni tayyorlash “Rakamli texnika, elektr aloqa va boshqaruv tizimlari” maxsus kafedrasini ochish zaruriyati paydo bo‘ldi. Rakamli texnika, elektr aloqa va boshkaruv tizimlari kafedrasining birinchi tashkilotchilari TEAI rektori, t.f.d., professor, O‘z FA akademigi Abdullaev D.A., t.f.d., professor Son V.M., t.f.n., dotsent Suvorov V.I., t.f.n., dotsent Yunusov J.Yu., t.f.n., dotsent Djalilov M.I., katta o‘kituvchilar Kurmisheva A.A., Kolesnikov V.A., ass. Abramova G.I., lab. mudiri Aliev B.A. lardir.

Kafedrani birinchi bo‘lib, t.f.d., O‘z FA akademigi Abdullaev J.A. boshqargan.

Turli yillarda kafedrada mutaxassislarni tayyorlashda t.f.n., dotsent Amirsaidov U.B., t.f.n., dotsent Levental I.U., t.f.n., dotsent Shestereva N.A., katta o‘kituvchi Kravariti T.A., assistentlar Muxammedov A.A., Xashimov B.B., Safiyazov B.J. faoliyat yuritib kelganlar.

1992 yil fevral oyida TEAI rektori va kafedra mudiri Abdullaev D.A. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus talim vaziri etib tayinlanganligi sababli, bu davrda kafedrani t.f.n., dotsent Suvorov V.I boshqarib kelgan.

1993 - 2004 gacha kafedrani t.f.n., dotsent Yunusov J.Yu. boshqarib kelgan. . 2004 - 2008 gacha Abdullaev D.A. kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

Raqamli texnika va aloqa boshkaruv tizimlari yo‘nalishi bo‘yicha kafedrada bakalavrlarni tayyorlash uchun “Aloqa tarmoqlari nazariyasi“, “Elektr aloqa tizimlari nazariyasi va loyixalashtirish“, “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari”, ”Elektr aloqa tizimlari dastur ta’minoti”, “Elektr aloqa boshqaruv tizimlari kompleksi“, “Raqamli texnika va mikroprotsessorlar”, “Iktisodiy axborotlarni boshqarish”, “Xisoblash sistemalarining informatsion asoslari”, magistrlar uchun “Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish”, “Internet tizimlari va xizmatlari” fanlarini chuqur o‘tish tashkil qilingan.

1999-2000 o‘kuv yillaridan boshlab kafedrada:Rakamli texnika va elektr aloqa boshkaruv tizimlari va Telekommunikatsiya tizimlari dasturining ta’minoti, yo‘nalishda magistrlar tayyorlash xam yo‘lga ko‘yilgan. Magistr va bakalavrlarni tayyorlash uchun kafedrada ikkita o‘quv labaratoriyalari faoliyat olib borgan. Raqamli texnika va mikroprotsessorlarining tuzilishi, uning ishlatilishi va dasturiy taminoti asoslari o‘rgatilib kelingan. Kafedra o‘z faoliyati davomida “Elektr aloqa boshkaruv tizimlari“ mutaxassisligi bo‘yicha 500 dan ortiq injener va bakalavrlar tayyorlagan. Ular o‘z ish faoliyatini nafakat O‘zbekiston Respublikasida, balki chet el mamlakatlarida ham davom ettirmoqdalar.

2008 - 2009 o‘kuv yillarda kafedra mudiri lavozimida «O‘zbektelekom” AKning bosh direktori xamda  2009 - 2010 yilgacha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori i.f.n., dotsent Muxitdinov X.A. raxbarlik qildi. 

2010 - 2017 o‘quv yillarda kafedra mudiri lavozimida  Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti t.f.n., dots. U.B. Amirsaidov raxbarlik qildi.

2017-yil 4 maydan kafedrani t.f.n., dots. Sh.Yu. Djabbarov boshqarib kelmoqda. 

Bakalavriat

5350100

"Telekommunikatsiya texnologiyalari” (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeittirish, Mobil tizimlar)

Magistratura

5A350101

"Telekommunikatsiya injiniringi” (Telekommunikatsiya tarmoqlari, Axborotlarni uzatish tizimlari, Teleradioeittirish)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Axborot va kodlash nazariyalari
  • Tarmoq protollari
  • Taqsimlangan tizimlar
  • Aloqa tizimlarini modellashtirish va simuliyatsiyalash

Magistratura:

  • Tarmoq xavfsizligi
  • Ma’lumot uzatish tarmoqlarini modellashtirish vasimuliyatsiyalash
  • Tarmoqlararni boshqarish
  • Kelajak tarmoqlari
  • Malumotlar uzatish tarmoqlariga sifatli xizmat ko`rsatish mexanizmlari va modeli.

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Djabbarov Sh.Yu - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Nishonboev T.N. - texnika fanlari doktori, professor
  • Amirsaidov U.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Usmanova N.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Djuraev R.X. - katta o‘qituvchi
  • Nurmatova S.B. - katta o‘qituvchi
  • Maxmudov S.O - assistent
  • Boltaev J.B. - assistent
  • Abdullaev M.M. - assistent
  • Matqurbanov D.M. - assistent
  • QodirovA.A. - assistent
  • Toshtemirov T Q. - assistent
  • Tangriberganov G'.A - assistent
  • Umirzakov B.M - assistent 0,5 stav
  • Gafurova G.Yu - assistent 0,25 stav
  • Yuldasheva Sh.Sh - assistent 0,25 stav

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari (fundamental, amaliy, innavatsion va xo‘jalik loyixalari) ro‘yxati

  • Оптимальная распределение сетевых ресурсов операторов телекоммуникации для реализации виртуальных наложенных сервисных сетей (руководитель У.Б.Амирсаидов) IMS
    U.B.Amirsaidov - Loyiha rahbari
  • Моделирование и решение задач оптимизации облачных дата-центров на базе программно-конфигурируемых сетей (руководитель Т.Н. Нишонбоев)
    T.N. Nishonboev - Loyiha rahbari
  • Разработка метода предоставления ресурсов сети следующего поколения, основанного на методологии сервис-ориентированной архитектуры (руководитель Т.Н. Нишонбоев)
    T.N. Nishonboev - Loyiha rahbari
  • Модели и механизмы предоставления сетевых услуг в инфраструктуреоблачных вычислений (на примере развития элементов системы «Электронное правительство») (руководитель Н.Б.Усманова)
    N.B.Usmanova - Loyiha rahbari

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari

  • U.B. Amirsaidov - "Ma’lumot uzatish tarmoqlarini modellashtirish va simulyatsiyalash” fani bo‘yicha kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma.
  • N.B. Usmanova - "Tarmoqlarini boshqarish” fani bo‘yicha ma’ruzalar matni.
  • R.X. Djuraev, Sh.Yu.Djabbarov - "Tarmoq xavfsizligi” fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar.
  • R.X. Djuraev, Sh.Yu. Djabbarov, S.O. Maxmudov, J.B. Baltaev – “Axborot va kodlash nazariyalari” fanidan darslik.
  • T.N. Nishonboyev, N.B. Usmanova – “Taqsimlangan tizimlar” fanidan o’quv qo’llanma.

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro’yxati

  • Нишанбаев Т.Н Muratova A - Research of reliability parameters of transport level of the next generation networks. International Journal for Research in Applied Science & Engineering Technology. Volume 4, Issue IX, September 2016.
  • Нишанбаев Т.Н - М Model of assessment of risks of information security in the environment of cloudcomputing. International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2016.
  • Саитахмадов М.Б, Хусанов С.Н - - Интерполяция и экстраполяция данных современными програмными средствами. Интеграция мировых научных процессов как основа общественного прогресса ISSN 2308-7641, выпуск №44, Казань 2016.
  • Садатдийнов К.Е -Anylogic иммитацион тизимида нисбий имтиёзлиоммавий хизмат кўрсатиш тизимини моделлаштириш. Интернаука, International Scientific Journal 2016.
  • D. M. Matkurbonov - Кенг полосали абонент фойдалана олиш тармоғини моделлаштириш ва таҳлил қилиш. МEЖНАРОДНЫЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ № 11 (21) / 2016-1 том, Киев, стр.80-85.
  • Махмудов С. О - - Software defined networking: management o f network resources and data flow, ВЫСШАЯ ШКОЛА Научно-практический журнал №21 / 201686-с.
  • Махмудов С. О -- Management data flow in sdn with using expert neural network, 89-стр ВЫСШАЯ ШКОЛА Научно-практический журнал №21 / 2016.
  • Джураев Р. Х. Балтаев Ж. Б - - Methods for evaluating the risks ofviolation ofinformation security in cloud computing, 57-стр. ВЫСШАЯ ШКОЛА Научно-практический журнал №21 / 2016.
  • Джаббаров Ш. Ю., Маткурбонов Д.M, М.Рахмонов Б. И - Методы оценки информационной безопасностисетей телекоммуникаций стр-141 Молодой учёный Международный научный журнал. Выходит два раза в месяц № 20 (124) / 2016.
  • Джураев Р.Х., Джаббаров Ш.Ю., Балтаев Ж.Б., Тоштемиров Т.К “Модель диагностики многовыходных микропроцессорных устройств многоканальным сигнатурным анализатором”. Издательство «Инфинити», сотрудники ФГБОУ ВПО Башкирский государственный университет, г.Уфа Журнал "ВЫСШАЯ ШКОЛА" mail@ran-nauka.ru.
  • Nishanbayev T. Muradova A - Research of parameters of the management level of info communication networks with use of the equipment of the software defined networks. International Journal for Research in Applied Science & Engineering Technology (IJRASET).
  • Amirsaidov U.B., Usmanova N.B - Modeling of cloud computing system: approach for dynamic allocation of virtual machines. “The scientific method” (Warszawa, Poland), №6(6)/2017, vol.1, p.79-84.
  • Амирсаидов У.Б., Усманова Н.Б - Облачная инфраструктура инфокоммуникационной сети: особенности моделирования. Вестник науки и образования (Россия), №4 (28), 2017, с.17-21.
  • Амирсаидов У.Б - Метод распределения потоков в облачных IMS. Труды СКФ МТУСИ (Россия), 2017, с.33-42.
  • Абдуллаев М.М., Балтаев Ж.Б Анализ модели неисправности и диагностики многовыходных микропроцессорных устройств многоканальным сигнатурным анализатором. Международний науковий журнал «Интернаука».
  • Абдуллаев М.М., Балтаев Ж.Б - ОТМ таълим жараёнини ташкил қилишда булутли технологиядан фойдаланиш. Международний науковий журнал «Интернаука».
  • Садатдийнов К.Е - “Статик IP манзилсиз видеокузатувни ташкил этиш усуллари” Интернаука” халқаро илмий журнали 7(29)/2017.
  • Усманова Н. Б - Особенности стратегий формирования. Труды, северо-кавказского филиала ордена трудового красного занмени федерального государственного учреждения высшего образования "московский технический университет связи и информатики" 225 с.
  • Джураев Р.Х, Джаббаров Ш.Ю - Анализ подходов оценке информационной безопосности сетей телекоммуникаций. Труды, северо-кавказского филиала ордена трудового красного занмени федерального государственного учреждения высшего образования "московский технический университет связи и информатики" 290-293 с.
  • Матқурбонов Д. М Разработка алгоритма распределения. Молодой учений, международный журнал, часть 3, № 10 (114).
  • Ашуров А. Я., Матқурбонов Д.М, Холмонов Ш.Қ “Cоҳа корхоналарда полимерли оптик толаларнинг қўлланилиши” ISSN 2409-1677 “Высшая школа”, научно-практический журнал № 10 / 2017, Уфа стр. 36-37.
  • Ашуров А. Я., Холмонов Ш.Қ, Матқурбонов Д.М - “Электр занжир параметрларини every circuit дастурида тадкик килиш” ISSN 2409-1677 “Высшая школа”, научно-практический журнал № 10 / 2017, Уфа стр. 13-14
  • Ashurov A. Ya., D. M. Matkurbonov ““Features of solution of objects of load balancing in modern route protocols” ISSN 2409-1677 “Высшая школа”, научно-практический журнал № 11 / 2017, Уфа стр. 99-100.
  • Джураев Р.Х., Джаббаров Ш.Ю., Балтаев Ж.Б - “Diagnosis of multiple-output microprocessor devices and methods of reference signature calculation”. Section 2. Information technology. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences ISSN 2310-5607, Austria, Vienna. March-April 2017 7c.
  • Джураев Р.Х., Джаббаров Ш.Ю. «Международные стандарты в области информационной безопасности сетей NGN» Международный научный журнал «ИНТЕРНАУКА» (Свидетельство о регистрации: КВ № 22444-12344PR) свидетельство о публикации Серия: МН № 75628.
  • Джураев Р.Х., Умирзаков Б.М., Абдуллаев Д. Б. “етоды оценки рисков нарушения целостности информации в сетях передачи данных” Молодой учёный, Международный научный журнал №15(149) 2017 46с. 

    2016-2017 O‘QUV YILI DAVRIDA BAJARILGAN BOSHQA E’TIBORGA MOLIK ISHLAR

    • Джураев Р.Х., Джаббаров Ш.Ю., Болтаев Ж.Б. Рақамли қурилмаларнинг тўрт каналли сигнатура усулида диагностика қилишнинг моделлаштириш дастури. Патент № DGU 04122 (08.11.2016).
    • Джураев Р.Х., Джаббаров Ш.Ю., Болтаев Ж.Б. Рақамли қурилмаларнинг саккиз каналли сигнатура усулида диагностика қилишнинг моделлаштириш дастури. Патент № DGU 04123 (08.11.2016).
    • Джураев Р.Х., Джаббаров Ш.Ю., Болтаев Ж.Б. Рақамли қурилмаларнинг ўн олти каналли сигнатура усулида диагностика қилишнинг моделлаштириш дастури. Патент № DGU 04124 (08.11.2016).