Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlari bo`yicha prorektori:

Usmonov Botir Shukurillayevich

Qabul vaqti: Chorshanba-Payshanba: 15:00-17:00, 14:00-15:00
Telefon: (+99871) 238-65-85
Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha TATUning Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi ilmiy uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, TATUdagi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish, ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish, nazorat qilish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini TATU xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda TATUning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stependiya sovrindorlariini tayyorlash;
  • Tadqiqotchilikka qabul qilish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Xorij mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar o‘rnatish, oliy ta’limga oid konferensiya, simpozium, seminarlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘rnatilgan tartibda TATUning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va xalqaro aloqalarga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini TATU xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, TATU ilmiy maktablarni shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
  • TATUda magistratura, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilik yoki katta ilmiy xodim-tadqiqotchilikni rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda universitet xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko‘maklashish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;
  • Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
  • Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, talabalar orasidan Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • TATUda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Biografiya:
  • 1985-1986 yy. - Qozon davlat texnika universiteti talabasi
  • 1986-1988 yy. - Harbiy xizmatda
  • 1986-1993 yy. - Qozon davlat texnika universiteti talabasi
  • 1993-1995 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi, assistenti
  • 1995-1997 yy. - Toshkent davlat aviatsiya instituti katta o‘qituvchisi, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
  • 1997-1999 yy. - Andra universiteti (Hindiston) Magistratura talabasi
  • 1999-2001 yy. - Gamburg - Xarburg texnika universiteti (Germaniya) Magistratura talabasi
  • 2001-2002 yy. - Daymler-Kraysler kompaniyasining Markaziy Osiyo vakolatxonasi bosh mutaxassisi
  • 2002-2007 yy. - Toshkent davlat aviatsiya instituti dotsenti, bo‘limi boshlig‘i, dekani
  • 2007-2008 yy. - Konkuk universiteti (Koreya) “Texnikada axborot texnologiyalari” kafedrasi professori
  • 2008-2012 yy. - V.M.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali ilmiy kotibi, dekan o‘rinbosari, o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2012-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xizmatining Ta’limni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish guruhi oliy ta’lim masalalari bo‘yicha yetakchi konsultanti
  • 2013-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan bo‘yicha o‘rinbosari
  • 2016-2017 yy. - V.M.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali “Amaliymatematika va informatika” kafedrasi dotsenti
  • 2017-2017 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori
  • 2017 y. - h.v- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori