Farg'ona filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali direktori:

Mirzakarimov Baxtiyor Abdusalomovich

Qabul kunlari: Seshanba (14.00-16.00); Juma (09.00-11.00).
Telefon: (8373) - 226-82-09

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiafl O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 sonli Qarori asosida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1942 sonli qaroriga muvofiq so‘ngi yillar ichida xalqaro standartlari darajasida AKT sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini mutlaqo yaxshilash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Filial tarkibida 2 ta fakultet, 8 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 5 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 2 yangi yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.

Filialda 1190 talaba tahsil oladi, jumladan 1180 bakalavriat talabalari va 10 nafar magistrantlar tashkil etadi. So‘nggi yil ichida filial 1 nafar talaba Davlat nomli stipendiyasi, 2 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyasini egallashdi. Universitetda 100 ta professor-o‘qituvchilar ishlaydi, shulardan 30 ta fan doktorlar va nomzodlar, dotsentlar. Ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar umumiy sonidan 30% tashkil etadi.

Filiallarining umumiy maydoni 2,7 ming kv.km. ni tashkil etib, unda 37 o‘quv auditoriyalari, 8 nafar o‘quv laboratoriyalari, 2 sport majmualari va maydonchalari, bitta oshxona binolari faoliyat yuritadi.

So‘nggi yillar ichida professor-o‘qituvchilar tomonidan 211 ta darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

Universitet axborot resurs markazi umumiy fondining 10715 dan ortiq adabiyotni o‘z ichiga oladi, undan 8886 o‘quv adabiyoti, 428 – ilmiy fondi, 21 mingdan ortig‘i esa elektron adabiyotni tashkil etadi. Ingliz tilidagi chet el o‘quv adabiyotlari fondi 560 tani tashkil qiladi. ARM ARMAT dasturida ishlaydi. Bibliografik yozuvchilarning umumiy soni 408 taga yetdi. Filial o‘quvchilari www.dilib.uz vawww.natlib.uz saytlaridan foydalanishlari mumkin.

So‘nggi ikki yil davomida 45 nafar professor-o’qituvchilar malaka oshirish kurslarida o‘qidi.

2 ta loyixa asosida umumiy mablag‘i 64,0 mln. so‘mni tashkil etuvchi ilmiy-tadqiqot ishlari va 7 loyixa bo‘yicha 204,0 mln. so‘mlik tarmoq korxonalari bilan xo‘jalik shartnoma asosida ish olib borilmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "IT-servis", "Multimedia texnologiyalari");
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiya", "Teleradiouzatish", "Mobil tizimlar")
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo'yicha)

Farg'ona filiali nizomi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali murojaat ma'lumotlari:

  • Tel./faks: (0-373) 226-82-09