Branch in Karshi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-son "Oliy ta’lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Qarshi shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali 2008 yil 1 sentabrdan buyon faoliyat yuritadi. Filialda 82 zamonaviy kompyuter bilan jihozlangan 4 ta kompyuter xonasi va 92 ta lokal tarmoqqa ulangan kompyuter mavjud. Qarshi filialida 364 talaba tahsil oladi. 2008/2009 o‘quv yilida 471 talaba to‘rt yo‘nalishda tahsil oldi. Bitiruvchilar soni 191 nafar. 2008/2009 o‘quv yili 4 kafedrada 63 professor-o‘qituvchilar: fizika-matematika fanlari nomzodi E. Aliqulov, kafedra mudiri, falsafa fanlari nomzodi T. Qurbonov, katta o‘qituvchilar N. Irkaeva, B. Elmurodova, assistentlar N. Jumaev, G. Xudoyorov va boshqalar talabalarga ta’lim beradilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "IT-servis", "Multimedia texnologiyalari");
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiya", "Teleradiouzatish", "Mobil tizimlar")
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo'yicha)

Bituruvchilar ish faoliyati

Filialda 2008/2009 o‘quv yili yakunlanishi bilan 191 nafar bitiruvchi, 177 bakalavr va 14 magistrga hayotga yo‘llanma berildi. Ular mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xalq ta’limi, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, bank va moliya tuzilmalarida faoliyat yuritmoqdalar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali murojaat ma'lumotlari